Topshirish punktlarining soni bo‘yicha O‘zbekistonda № 1 brend*

Uzum Market topshirish punktini oching

Ochilishda va ishning birinchi oylarida moliyaviy jihatdan yordamlashamiz

Birinchi oydanoq pul ishlashni boshlang

Toshkent
6%
Sotilgan va qaytarilmagan tovardan daromad
Oyiga 17,4 mln so‘m
Boshlashda kafolatlangan daromad
6,1 mln so‘m
Ochilish bonusi
Yirik shaharlar
5%
Sotilgan va qaytarilmagan tovardan daromad
Oyiga 11,6 mln so‘m
Boshlashda kafolatlangan daromad
6,1 mln so‘m
Ochilish bonusi
Kichik shaharlar va qishloqlar
5%
Sotilgan va qaytarilmagan tovardan daromad
Oyiga 9 mln so‘m
Boshlashda kafolatlangan daromad
6,1 mln so‘m
Ochilish bonusi

O‘z topshirish punktingizni ochish — oson

Boshlashda yordam beramiz

Tayyor dasturiy ta'minotni taqdim etamiz, xodimlarni o‘qitib, dizayn-loyiha sovg‘a qilamiz

Minimal sarmoya

Boshlanishda — faqat ishlash joyingizning remonti

Tezkor ishga tushirish

Arizadan birinchi buyurtmani topshirishgacha –– ikki oy

Hech qanday yashirin to‘lovlarsiz

Biz qat’iy shartnoma asosida ishlaymiz

Bizga ishonishning sabablari

> 23 000 000bir yilda berilgan buyurtmalar
> 17 000Uzum Market’dagi faol sotuvchilar
1 823topshirish punktlari va do‘konlar
416aholi punktlari

Topshirish punktingiz uchun joy tanlang

Tavsiya etamiz
Bu yerda ochib bo‘lmaydi

Topshirish punktini ochish tartibi

1
Joy toping
Maydoni 20 m² va undan kattaroqAvtoturargohi borYo‘lga yaqin — yuk mashinasi qulay kirib chiqishi uchunFasadga Uzum Market belgisini osish mumkin
карта
2
Ariza qoldiring
Biz sizdan joy manzili va suratlarini so'raymiz. Hammasini tekshirib, 3-5 kun ichida tasdiqlaymiz
чат
3
Hujjatni imzolang
Ulgurji savdo” IFUTga ega yuridik shaxs kerak. Sizda bo‘lmasa, bu qo‘llanma bo‘yicha oching. Biz hujjat tuzib, imzolashga jo‘natamiz
работники пвз
4
Dizayn‑loyihamiz bo‘yicha remont qiling
Dizayn‑loyihani sovg‘a qilamiz, shunda bino brendbukdagidek bo‘ladi –– o‘zingiz hech narsa o‘ylab topmaysizOchilish jarayonining barcha bosqichlarida yordam beradigan Uzum Market’dan yordamchi biriktiramiz
ПВЗ внутри
5
Xodimlarni toping
Biz ularga buyurtmalarni topshirish va xaridorlar bilan ishlashni o‘rgatamiz
класс обучения продавцов
6
Birinchi xaridorlarni kutib oling
Xaridorlar topshirish punktingizni Uzum Market’da ko‘rishadiBirinchi buyurtmalaringiz ombordan yetkazib beriladiBiz sizni ochilgandan keyin ham qo‘llab-quvvatlaymiz va barcha shartlar bajarilganda moliyaviy yordam ko‘rsatamiz.
ПВЗ снаружи

Boshlash uchun nima kerak

Bino20 m² dan — buyurtmalarni topshirish zonasini joylashtirish va xaridorlarga navbatsiz xizmat ko‘rsatish uchun yetarli
Uskunalar va mebelVideokameralar, telefon, noutbuk, skaner, stol, stullar va buyurtmalar uchun stellajlar
Xodimlar10:00 dan 20:00 gacha ishlashadi. Ishga faqat O‘zR Mehnat kodeksi bo‘yicha olinadi

Topshirish punktingiz qanday ko‘rinishi mumkin

Hoziroq daromad topishni boshlang

Balki aynan siz shahringizdagi birinchi Uzum Market topshirish punktini ochasiz!

Davom etib, siz oferta shartlarini qabul qilgan va shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash siyosatiga rozilik bildirgan bo'lasiz

Savollarga javob beramiz

BTP — bu Uzum Market buyurtmalarini topshirish punkti. Xaridorlar o‘z xaridlarini olib ketadigan joy
Ishlab topadigan daromadingiz – topshirilgan va qaytarilmagan tovarlar narxlaridan foiz – AliExpress va Crossboarder hamkor buyurtmalaridan belgilangan to‘lovlar – qo‘shimcha xizmatlar, masalan, Uzum kartasini ochish uchun belgilangan to‘lovlar
Cheklovlar yo‘q. Agar talablarga mos bir nechta binolaringiz bo‘lsa, punktlarni bir vaqtning o‘zida hammasida ochish mumkin
Bino xususiyatlariga talablar: - Kadastr statusi “noturar” - Xaridorlar uchun alohida kirish - Yuk mashinalari uchun taqiqlovchi belgilar va to‘sqinliklarsiz parkovka va podyezd - Fasadda Uzum Market belgisini osib qo‘yish mumkin - Mijozlar zonasining maydoni — 20 m² atrofida, texnik zonaning maydoni — kamida 6 m² - Kengligi — kamida 3 metr Binoni tekshirib, u yerga buyurtmalarni yetkazish qanchalik qulayligini baholaymiz.
Ha, agar “chakana savdo” faoliyat turiga ega YaTT bo‘lsa. Yordam kerak bo‘lsa, qo‘llanmaga qarang.
Topshirish punktlarini faqat “chakana savdo” faoliyat turiga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki YaTT ochishi mumkin.
Ha, albatta. Agar ikkilanayotgan bo‘lsangiz, joy tanlashda biz yordam beramiz
Tez-tez odam o‘tadigan va avtomobil yoki jamoat transportida oson yetib boriladigan joylar
Ha, kosmetik remont kerak bo‘ladi. Talab va maslahatlarni brendbukda yig‘ib qo‘ydik.
Dizayn-loyihani olganingizda. Remont va ochilishga shartnoma imzolangan kundan boshlab 25 kalendar kun beriladi. Belgilangan vaqtga ulgursangiz, sizga 6 100 000 so‘m ochilish bonusini taqdim etamiz.
Texnika: - Kuzatuv kameralari - Mobil telefon - Noutbuk - Shtrixkodlar skaneri - Printer - Pul hisoblash mashinasi - Kameralar - Wi-Fi router Jihozlar: - Seyf - Pul qutisi - O‘t o‘chirgichlar - Hisoblagichlar. Mebel: - Stellajlar - Xodim peshtaxtasi - Xodim kreslosi - Tovarlarni tekshirish stoli - Xodim uchun tortma - Kiyim almashtirish xonasi - Ilgichlar - Chiqindi qutilari.
Har kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha, dam olish va bayram kunlari ham.
Ha, agar alohida kirish, Uzum Market belgisi va buyurtmalarni istalgan vaqtda olib kelish uchun binoga kecha-yu kunduz kirish imkoniyati bo‘lsa.
Buyurtmalarni kuryerimiz ish kuni davomida olib keladi. Qo‘lingizda qaysi buyurtma qayerda joylashganini ko‘rsatadigan ilova bo‘ladi. Bu buyurtma topshirish jarayonini tezlashtiradi. Keyin esa hammasi oddiy: xaridor buyurtmasini olish uchun keladi, siz uning QR-kodini skanerlaysiz, buyurtmani javonlaringizdan topasiz va topshirasiz. Biz sizni xaridorlar bilan ishlash va ilovamizdan foydalanish bo‘yicha o‘qitamiz. Xavotir olmang, bu jarayonda qiyinchiliklar bo‘lmaydi.
Joylashuv yoki bino talablarga javob bermadi yoki siz bilan bog‘lana olmadik. Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozing — ko‘rib chiqamiz.